“Porshe” kompaniyasi va Sharapova hamkorlikni qayta yo`lga qo`yishdi (Foto)

Dunyoga mashhur “Porshe” avtomobil konserni rossiyalik tennis malikasi Mariya Sharapova bilan hamkorlikni qayta yo`lga qo`ydi. Bu haqda “Olamsport” nashri ma`lum qilmoqda.

Sharapova doping mojarosiga aralashib qolgach, “Porshe” tennischi bilan hamkorlikni to`xtatgan edi.

Shu yilning iyun oyida ITF tashkilotining antidoping qo`mitasi Mariya Sharapovani taqiqlangan meldoniya moddasi iste`mol qilgani uchun 2 yilga chetlangandi.

5850_680Keyinroq Lozannadagi Sport arbitraj sudi tennischining jazo muddatini bir yilu uch oyga kamaytirgandi. Kuni kecha tomonlar yangi shartnoma bo`yicha bitim imzolashdi.

ULASHISH