O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga murojaatlar soni tobora ortib bormoqda. Biroq ularni hal etishda joylarda yuzakilik, soxtalikka ham yo‘l qo‘yilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar qilindi.

Jumladan, Namangan viloyatining Pop tumanida ham shunday holat yuz berdi. Biroq mazkur ko‘zbo‘yamachilik jazosiz qolmadi. Tuman hokimi Javlonbek Yo‘ldoshevga elektron qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarni hal etish davomida hujjatlarni qalbakilashtirishga yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan e’lon qilindi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH