Polshaning “Pogoni” jamoasi futbolchisi Adam Frachak “Lexiya”ga qarshi mamlakat chempionatining 15-turida vafli yeya turib penaltidan gol urdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Lexiya” 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo uchrashuvni boshqarib borgan hakam 45-daqiqada “Pogoni” foydasiga penalti belgiladi. Hakam qaroridan norozi bo‘lgan “Lexiya” muxlislari maydonga turli buyumlar uloqtira boshladi.

Uloqtirilgan buyumlar orasida shirin vafli ham topildi va 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirishga tayyorlanayotgan Adam Frachak yoniga tushdi. “Pogoni” futbolchisi vaflini chim ustidan olib, uni tishladi. So‘ngra shirinlikni maydon tashqarisiga tashlab yubordi va uni chaynayotgan vaqtda “Lexiya” darvozasiga gol urdi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakun topdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH