Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan matematika darslarida ko’rgazmali qurolga aylangan.

Fransiyada matematika o’qituvchisi Pogbaning golni nishonlash uslubi («deb») tasvirlangan fotosuratdan o’quvchilarga Pifagor teoremasini tushuntirishda foydalanmoqda.

«Krishtianu Ronaldu Pol Pogbaga va uning debiga hasad qiladi, shuning uchun Pol ideal emasligini isbotlashga harakat qiladi. «Deb qoidalari umumiy majmui» traktovkasiga ko’ra, faqat to’g’riburchakli uchburchak ideal deb  bo’la oladi. Savol: Pol Pogbaning debini ideal desa bo’ladi?», deya yuzlanmoqda o’qituvchi.

ULASHISH