1984-yilda National Geographic jurnali muqovasida chop etilgan portreti butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan afg‘onistonlik qochoq Sharbat Gulani Pokistonda garov evaziga hibsdan ozod etishga rozi bo‘lishdi, deb yozadi TJournal. U hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun qo‘lga olingan edi.

“Bu ishni qayta ko‘rib chiqaman, deb o‘ylayman, chunki u ayol kishi va biz bunga insonparvarlik ko‘zi bilan qarashimiz kerak. Agar biz uni deportatsiya qilsak yoki unga Pokistonni tark etishi uchun vaqtinchalik viza bersak, unga qalbaki hujjatlar taqdim etgan amaldorlarga qarshi ayblov e’lon qilish bilan shug‘ullanishimizga to‘g‘ri keladi. Haqiqiy jinoyatchilar ulardir, ular qandaydir yo‘l bilan adolatdan qochib qolishini istamayman”, — dedi Pokiston ichki ishlar vaziri Nisar Ali Xon.

Avvalroq Sharbat Gula qalbaki hujjatlar sabab Pokistonda hibsga olingani, u 14 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Gula 1984-yili, uning surati National Geographic jurnali muqovasida bosilib chiqqanidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. O‘sha vaqtda u Afg‘onistondagi qochoqlar lagerida yashar edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH