Mahsulotlar:
Shampinonlar – 5-7 dona.
pishloq (sirki) – 2 dona
Brokkoli – 200 g
Kartoshka – 1-2 dona
Sabzi – 1 dona
Tuz
Qovurish uchun o‘simlik yog‘i
Tayyorlanishi:
1.Shampinonlarni kesamiz. 5-10 daqiqa davomida qovuriladi. Sabzini qirg‘ichdan chiqarimiz va uni ham qovuramiz.
2.Brokkoli to‘pgullarga ajratib, mayda bo‘laklarga bo‘lamiz.
3.Mavsumda yangi va sarxil brokkoli, muzlatilganini ham ishlatish mumkin.
4.Bunday vaziyatda pishloqli sho‘rvani tayyorlashdan avval brokkolini birozgina muzlatish kerak, yo‘qsa uni kesish qiyin bo‘ladi.
5.Kartoshkani kesamiz. Qaynagan suvga barcha mahsulotlarni solamiz, tuz solib, 10 daqiqa davomida qaynatamiz. Bu vaqtda pishloqni yirik tishli qirg‘ichdan chiqaramiz va sho‘rvaga qo‘shamiz.
6.Yana 5 daqiqa davomida qaynatamiz, pishloqlar tarqab ketmaguncha. Quritilgan shivit (ukrop)ni ustiga sepamiz va sho‘rvaning rangi tiniqlashishi uchun bir necha daqiqaga qo‘yib qo‘yamiz.

ULASHISH