Kerakli mahsulotlar:

Xamiriga:

Kefir – 2 stakan

Tuz – 1 choy qoshiq

Shakar – 1 choy qoshiq

Osh sodasi – 1 choy qoshiq
O‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq

Un – 4-5 stakan

Nachinkasiga:

Qattiq pishloq – 150 gr

Qaynatilgan tuxum – 5 dona

Sarimsoqpiyoz – 5 dona tishchasi

Ko‘kat – 1 bog‘

Mayonez – 3 osh qoshiq

Tayyorlanishi:

Kefir, tuz, shakar, osh sodasi va o‘simlik yog‘i aralashtiriladi. Pishlo va tuxum yirik tishli qirg‘ichdan o‘tkaziladi, maydalangan sarimsoqpiyoz, ko‘kat va mayonez qo‘shiladi. Xamir bo‘laklarga bo‘linadi. Har bir bo‘lakdan yupqa nonchalar yasaladi, nachinka solinadi, chetlari biriktiriladi.

Yana biroz yoyiladi. Xachapuri qanchalik yupqa bo‘lsa, shunchalik mazali bo‘ladi. Xachapurilarni qizigan tovada o‘rta olovda tilla rangga kirgunga qadar qovuramiz. Tayyor xachapurilarga yaxshilab sariyog‘ surkaymiz.

ULASHISH