Kerakli mahsulotlar:

Tvorog – 400 g

Smetana – 2-3 oy qoshiq

Qand upasi (yoki shakar) – 80-100 g

Bikvsitli pechenye (“Yubileynoye”) – 9 dona

Sut – 100 ml

Shokolad (bezatish uchun) – 50 g

Tayyorlanishi:

Tovaga tvorog, smetana va qand upasini soling. Blender yordamida silliq bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aylantiring. Agar tvorogingiz quruq bo‘lsa, ikki osh qoshiq smetana qo‘shing. Qand upasini shakar bilan almashtirish mumkin, lekin shakar zarrachalari erib ketishga ulgurmaydi va u tishda qirsillaydi. Oziq-ovqat plyonkasi yoki katta paketni pardoz berish taxtasi ustiga yozing. Tog‘orachaga sutni quying. Har bir pechenyeni sutga botirib oling va plyonka ustiga 3 tadan 3 qavat qilib qo‘ying. O‘rta qatorga tvorogli aralamani soling.

Plyonka yordamida pechenyeni yon tomonidan ko‘taring va tvorogli massaga sal siqing. Mana bunday uycha hosil bo‘lishi kerak. ehtiyotkorlik bilan uychani plyonkaga o‘rang va muzlatgichga 6-8 soatga qo‘yib qo‘ying. dasturxonga tortishdan avval uychani shokolad bilan bezating. Maslahat: shokoladni gazda yoki mikroto‘lqinli pechda eritish mumkin, lekin qulayi qaynoq suvda eritishdir. Buning uchun shokoladni bo‘laklarga bo‘lib, kichkina paketga soling. Taxminan 5 daqiqadan so‘ng shokolad eriy boshlaydi. Suvdan paketni oling va shokoladga suv tushib ketmasligi uchun sochiq bilan arting. Paketning uchini kesing va shirinlikni bezating.

ULASHISH