AQSh va Turkiya IShID guruhiga qarshi kurash kampaniyasi doirasidagi hamkorlikni davom ettirmoqda. Bu haqda Pentagon rahbari Eshton Karter jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“IShIDga qarshi kurashdagi hamkorligimiz o‘ta mustahkam bo‘lib qolmoqda. Biz chegara hududida xavfsizlikni ta’minlash sohasida muvaffaqiyatli ishlamoqdamiz”, — ma’lum qildi AQSh mudofaa vaziri koreyalik hamkasbi Xan Min Gu bilan birga bergan qo‘shma matbuot anjumanida.

Shuningdek, Karter keyingi hafta Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishiq bilan uchrashishini ma’lum qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH