Moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro apparati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan fuqarolarni qabul qilish jadvali tasdiqlandi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.

Endi Ijro apparati va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari fuqarolarni har ish kuni (dushanbadan jumagacha) soat 8:00 dan 11:00 gacha pensiya qonunchiligi masalasida qabul qilmoqda.

Hududiy bo‘linma rahbari yuqorida ko‘rsatilgan vaqtda bo‘lmagan taqdirda tegishli chora ko‘rish uchun 8 (371) 239-10-46 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

ULASHISH