Mutafakkir ajdodlarimiz, o’z ilmlari bilan dunyo aholisining hayratiga sabab bo’lgan zotlar, ham dunyoviy, ham diniy ilmlarni egallashga chaqirishgan. Chunki har ikkisi ham o’z nomi bilan ilm. Ilm esa inson uchun shamchiroq, najot va mukofotlar manbasidir.
Bilasizmi?..

1. Birinchi bo’lib kim o’limni orzu qilgan?
Yusuf alayhissalom.

2. Ummatning birinchi bo’lib qaysi amallari ko’tariladi?
Besh vaqt namozi.

3. Muhammad (s.a.v)ning birinchi bo’lib o’qigan namozlari qaysi?
Peshin namozi.

4. Qiyomatda birinchi bo’lib kimning ustidan yer ochiladi?
Muhammad (s.a.v)ning.

5. Birinchi bo’lib kim jannat eshigini taqillatadi?
Muhammad (s.a.v).

6. Birinchi bo’lib shafoat qiluvchi va birinchi shafoat qilingan kim?
Muhammad (s.a.v).

7. Birinchi bo’lib qaysi ummat jannatga kiradi?
Muhammad (s.a.v)ning ummati.

8. Osmonda birinchi bo’lib kim azon aytgan?
Jabroil alayhissalom.

9. Vaqtni 12 soatliligini birinchi bo’lib kim aniqlagan?
Nuh alayhissalom o’z kemalarida aniqlaganlar.

10. Otga birinchi bo’lib kim mingan?
Ismoil alayhissalom..

1. Juma kunini kim «juma» deb nom berganini bilasizmi?
Ka`b ibn Luay.

12. «Subhana Robbiyal a`la» deb kim birinchi bo’lib aytgan?
Isrofil `alayhis salom.

14. Birinchi bo’lib kim qalamda yozganini bilasizmi?
Idris `alayhis salom.

15. Birinchi bo’lib kim Alloh yo’lida jihod qilganini bilasizmi?
Idris alayhissalom.

16. Qur`oni Karimdagi eng buyuk oyatni bilasizmi?
Oyat al-Kursi…

Manba: Mehrob.uz

ULASHISH