“Turkiston” san’at saroyida bodibilding va fitnes bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi tashkil etdi, deb xabar beradi UzReport.

Musobaqada mamlakatning barcha mintaqalaridan tashrif buyurgan 50 dan ortiq atlet ishtirok etdi. Oliy mukofot bodibilding bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma edi.

Chempionat turli vazn toifasidagi ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘tkazildi. Shuningdek, unda birinchi marta imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirok etdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra Pavel Umirzakov mutlaq g‘olib va kubok sohibi deb topildi. Unga 15 million so‘m uchun sertifikat taqdim etildi.

O‘z vazn toifasida birinchi bo‘lgan sportchilarga 1 million so‘m miqdorida pul mukofotlari berildi. Qolgan yutuqli o‘rin sohiblariga medal va sertifikatlar taqdim etildi.

ULASHISH