Futurologlar yaqin kelajakda Yer uchun mavhum bo‘lgan ong vakillari, o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa bog‘lanishi bashorat qilishmoqda. Shu bilan birga o‘zga sayyoraliklar bizning tasavvurlarimizdagidan umuman boshqacha bo‘lishi mumkin, — deb yozadi mir24.tv OAVga asoslanib.

O‘zga sayyoraliklar robotlar bo‘lishi mumkin deb ogohlantirishmoqda kelajakni prognoz qilishga ixtisoslashgan mutaxassislar. Bu taxmin o‘zga sayyoraliklar Yerga signal jo‘natishni tushunib yetganlarida, rivojlanishning biologik qobiq mavjudligini talab qilmaydigan bosqichida bo‘lishlari bilan bog‘liq.

Olimlar boshqa sayyora va galaktikalarda yashovchilar boshida Yerdagi oddiy odamlarga o‘xshaganliklarini, intensiv tarzda rivojlanish va organizmlarini sun’iy intellekt bilan to‘ldirib borish ularni robotlarga o‘xshatib qo‘ygan degan fikrda.

Bunday transfer o‘zgarishlar fan-texnologiyalarning rivojlanishi natijasida Yerliklarni ham kutib turgani taxmin qilinmoqda.

ULASHISH