Parlamentda ko’pchilik o’ringa ega bo’lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi prezident tasdiqlashi uchun bosh vazirlikka nomzodini ko’rsatadi. Bu haqda TASS axborot agentligiga  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi raisi Ilhom Abdullayev ma`lum qilgan.

«Parlamentdagi ko’pchilik o’ringa ega bo’lish bu partiyaga bosh vazirlik uchun o’z nomzodini ko’rsatish imkonini beradi», — degan u.

4 dekabr kuni o’tkaziladigan navbatdan tashqari saylovlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ayni vaqtda O’zbekistonning muvaqqat prezidenti sifatida faoliyat ko’rsatayotgan bosh vazir Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH