O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni “2017—2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. “Gazeta.uz” nashri qaror matniga asoslanib, yangi qurilajak uylar avvalo nimalarning hisobiga arzon bo‘lishiga haaniqlik kiritdi.

“Qurilish-montaj ishlari sifatiga qo‘yiladigan talablarning oshirilishi Dasturning yana bir muhim xususiyati hisoblanadi. Bunda barpo etiladigan namunaviy uy-joylar qiymati pasayishi qurilish-pudrat tashkilotlarining asosiy qurilish materiallari va buyumlarga xarajatlarini optimallashtirish hisobiga ta’minlanadi”, — deyiladi “Gazeta.uz” axborotida.

“Bundan tashqari, uylarning arzonligiga Dastur ishtirokchilari uchun soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berilishi tufayli ham erishiladi. Masalan, pudrat tashkilotlari arzon uylar qurish doirasida bajariladigan ishlar hajmi uchun soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi”, — deb yozadi “Gazeta.uz”.

ULASHISH