O’zbekiston Futbol Federatsiyasi 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash bo’yicha Respublika bo’ylab so’rovnoma boshlanganligi haqida elon qiladi, deb xabar beradi «Championat.asia».

So’rovnomaning yanada xolisligini taminlash maqsadida unda jurnalistlarning mustaqil ravishda to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etishi 2015 yildan boshlab cheklangan edi. O’sha tizimga asosan ovoz berish jarayonida tahririyatlar ishtirok etadi.

So’rovnomada O’zbekiston va chet eldagi ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari ovoz beradilar.

Mustaqil jurnalist, kolumnist va nyusmeykerlar, shuningdek, sport blogerlarining ovozlari yakunda mustaqil jurnalistlar guruhi ostida birlashtiriladi va bitta ovoz sifatida so’rovnomada qatnashadi. Futbol klublari va terma jamoalarning matbuot xizmatlari ovozi ham yagona “Matbuot xizmatlari” guruhi ostida birlashtirilib, yagona ovoz sifatida so’rovnomada ishtirok etadi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomi (ikki alohida nominaciya hisoblanib) umumiy ballar yig’indisiga qarab aniqlanadi.

Har bir tahririyat 3 nafar murabbiy va 3 nafar futbolchini mukofotga loyiqlik darajasi bo’yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rinlarga qo’yib chiqadi. Ikkala nominaciya bo’yicha ham 3 ta qator to’ldirilishi shart.

Futbolchi va murabbiylar uchun berilgan ovozlar quyidagi tartibda hisoblanadi:

1-o’rin uchun – 3 ball

2-o’rin uchun – 2 ball

3-o’rin uchun – 1 ball

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisiga ovoz berish asnosida murabbiy va futbolchining yil davomidagi faoliyatiga nazar tashlanadi.

Ovoz berayotgan tahririyat to’rtta asosiy kriteriyaga rioya qilishi kerak:

1. Yil davomidagi individual va jamoaviy ravishdagi

yutuqlari

2. Istedod, iqtidor va Fair Play.

3. Karera

4. SHaxsiyati va uning boshqalarga tasiri

O’zbekiston oliy ligasidagi o’zbekistonlik bo’lmagan xorijlik murabbiy yoki legionerlar so’rovnomada ishtirok eta olmaydi.

Tahririyat o’z ovozini rasmiy maktub bilan O’FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga, shuningdek faks orqali jo’natishlari lozim. Ovoz berish 2 dekabrdan ochiq va 25 kun davom etib, 2016 yilning 27 dekabr kuni dekabr kuni soat 18:00 da to’xtatiladi.

Ovozlar quyidagi manzilga jo’natiladi:

Manzil: Toshkent 100011

O’zbekiston shoh ko’chasi 98 A uy

Faks: +99871 — 244-16-83. Email: media@the-uff.com

ULASHISH