¿ìÁ¿¡ ½Â¸®ÇÑ ´ëÇѹα¹ Ã౸ (¼­¿ï=¿¬ÇÕ´º½º) ÇÑÁ¾Âù ±âÀÚ = 11ÀÏ ¼­¿ï ¸¶Æ÷±¸ ¼º»êµ¿ ¿ùµåÄÅ°æ±âÀå¿¡¼­ ¿­¸° 2014ºê¶óÁú¿ùµåÄÅ ¾Æ½Ã¾ÆÁö¿ª ÃÖÁ¾¿¹¼± 7Â÷Àü ´ëÇѹα¹ ´ë ¿ìÁŰ½ºÅº °æ±â. 1-0À¸·Î ´ëÇѹα¹ÀÌ ½Â¸®ÇÏÀÚ ¼±¼öµéÀÌ ±â»ÝÀ» ³ª´©°í ÀÖ´Ù. 2013.6.11 saba@yna.co.kr/2013-06-11 22:18:25/

Yaxshi bilasiz, shu yilning 15 noyabr kuni O’zbekiston terma jamoasi Seul shahrida Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi JCh-2018 musobaqasining saralash bahsida maydonga tushadi.

Bu o’yinning qiymatini tasavvur qilish qiyin emas. Har bir yo’qotilgan ochko yakunda qimmatga tushishi mumkin.

O’sha bahsda ikki terma jamoa ham borini berib o’ynashi turgan gap. Chunki boshqacha yo’li ham yo’q.

Biz shu kunlarda Janubiy Koreya matbuotini kuzatib ko’rdik. Mamlakatda chop etiladigan Asian Correspondent, The Korea Herald, The Seoul Times va Yonhap News nashrlari O’zbekistonga qarshi o’yin borasida kichkina bo’lsa ham chiqishlarni qilib turibdi.

Shu narsa ma`lum bo’ldiki, Janubiy Koreyaning 15 noyabr kundagi O’zbekistonga qarshi o’yini va kelasi yilning 23 mart kunidagi Xitoyga qarshi safar bahslari uchun har bir futbolchiga mamlakat futbol federatsiyasi mukofot pullarini va`da qilgan. Ya`ni, koreyaliklarga navbatdagi ikki o’yinda olti ochko yig’ishi vazifasi qo’yilgan.

O’z navbatida futbolchilar ham bu ishni bajarish qo’llaridan kelishini ta`kidlashgan. Bundan tashqari, Koreya termasining oxirgi o’yinlari keskin tanqid ostiga olingan va ular keyingi tayyorgarlik jarayoniga jiddiy e`tibor qaratishyapti.

Nima ham derdik, endi har bir o’yin biz uchun pley-off maqomiga teng bo’ladi. Bizda ham saviya va salohiyat yetarli. Agar ishga to’g’ri yondashsak biz ham Koreyadan ochko tortib olishga qodirmiz.

Umid qilamiz, yana ikki haftadan keyin bo’ladigan o’yinda kerakli natijani qo’lga kiritamiz.

manba: Tribuna.uz

ULASHISH