O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Singapurda 13—14-avgust kunlari o‘tkazilgan matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadada beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda UzDaily.

Singapore International Math Olympiad Challenge olimpiadasida dunyoning turli burchaklaridan kelgan 780 nafar maktab o‘quvchisi qatnashdi.

Fan olimpiadasining oltin medallari Abdurahim Oripov, Muhammadamin Rahmonberdiyev, Abdulla G‘ayratullayev, Marina Ten va Vladislav Galperinga nasib etdi.

O‘zbekistonning boshqa vakillari kumush, bronza medallarni hamda jamoa mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

ULASHISH