Bugun, 24-noyabr kuni Moskvaning Xoroshev sudi O‘zbekistonlik Gulchexra Boboqulova ishi bo‘yicha o‘z hukmini e’lon qiladi. U to‘rt yoshli qizchani o‘ldirishda ayblanmoqda. Bu haqda mir24.tv xabar berdi.

Avvalroq prokuratura himoya tarafdan ayblanuvchini majburiy davolash uchun jo‘natishni so‘ragan edi. Psixologik va psixiatrik komleks ekspertizalar natijasida Bobuqulovada surunkali ravishda ruhiy kasallikdan aziyat chekishi aniqlandi.

Mash’um qotillik shu yilning fevral oyida Moskva shahrida yuz bergan edi. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, enaga xo‘jayinlarning katta farzandi bilan uydan ketishini poylab turgan, keyin esa to‘rt yoshli qizchani o‘ldirib, kvartiraga o‘t qo‘yib yuborgan. O‘zi esa ko‘chaga chiqib ketgan. Uni «Октябрьское поле» metro stansiyasida qo‘lga olishgan.

Gulchexra Boboqulova O‘zbekistonda ham psixonevrologik dispanserda ro‘yxatda turgan. U o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida gallyutsinatsiyalardan qiynalgan.

ULASHISH