Real Solutions kompaniyasi ilgarigi bo’yaladigan zerikarli va oddiy kitoblar o’rniga endi nafaqat bo’yash, balki boshqarish, o’qish, o’ynash, o’rganish hamda tomosha qilish mumkin bo’lgan zamonaviy 3D kitoblarini taqdim etdi.

Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan «Malika va uning do’stlari», «Ritsarlar afsonasi», «Ajoyib 3D avtomobillari», «Dinozavrlar sirlari», «Sholg’om», «Tovuqvoy», «Hayratlanarli dengiz jonzotlari», «Suvosti dunyosi sirlari», «Xalq ertaklari» hamda «Bo’g’irsoq» haqidagi 3D kitoblari jahon innovatsion texnologiyasining yangi va zamonaviy ko’rinishda ekanligi ma`lum qilindi.

Shu bilan birga bolajonlar kitobni bo’yab, qiziq ma`lumotlarga ega bo’lish barobarida, ushbu ma`lumotlarni 3D, ya`ni jonli ravishda kuzatishga muvaffaq bo’ladi. Bundan tashqari, kelajakda yaratilishi mumkin bo’lgan yangi innovatsion texnologiyalarni hech bir qiyinchiliksiz boshqarishni o’rganadi, o’z zehnini charxlaydi.

Kompaniyadagilarning ma`lum qilishicha, bu kitoblar orqali bolajonlar qahramonlarni harakatlantirib, ular bilan jonli muloqotda bo’ladi, smartfon yoki planshetdan unumli foydalanishni o’rganadi hamda kitob ichidagi ertakni o’zi boshqarib, o’zi tomosha qiladi.

10-11-2016uzblog3

manba: Kun.uz

ULASHISH