“Championat.asia” nashri dunyoda kibersport sohasiga ko‘proq e’tibor berilib, unga katta mablag‘ sarflanayotganini qayd etgan. Bu borada o‘zbekistonlik kibersportchilar ham qarab turgani yo‘q.

Xususan, Dota 2 o‘yinining dunyo reytingida o‘zbekistonlik Akbar To‘rayev 9-o‘rinni egallab turibdi. 19 yoshli bu yigit jahonning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan Natus Vincere a’zosi hisoblanadi. Toshkentda tug‘ilgan Akbar To‘rayev faoliyatini Cleave Gaming klubida boshlagan. Jamoaning shubhali natijalariga qaramay, Empire’dan taklif olgan. 2014-yil Power Rangers bilan, oradan bir yil o‘tib Natus Vincere bilan shartnoma imzolagan.

Akbar To‘rayev turli ko‘rinishdagi turnirlardagi ishtirokidan hozirga qadar 95 ming 756 dollar ishlab topgan. U kerak vaqtda o‘z jamoasiga sardorlik ham qiladi.

ULASHISH