O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining kengashida mamlakatdagi aloqa operatorlariga aholiga taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish vazifasi qo‘yildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, statsionar va mobil internet hamda telefon aloqa xizmatlari sifati doimiy nazorat qilish kerakligi ta’kidlandi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga qisqa muddat ichida aloqa xizmati sifatining yangi, zamonaviy uslubdagi nazoratini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, Call-markazlariga xodimlarning mijozlar qo‘ng‘iroqlariga javob berishning professional darajasini oshirish hamda aloqa sifati bo‘yicha abonentlar bilan ularning ariza va shikoyatlariga to‘g‘ri murojaat qilish kerakligi alohida ta’kidlandi.

ULASHISH