O‘zbekiston bozorlarida sotilayotgan Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari quvvatlantirish chog‘ida kuysa yoki o‘t olsa, almashtirib berilmaydi. Bu haqda “Mobinfo.uz” sayti O‘zbekistondagi Samsung Galaxy call-sentri bergan ma’lumotga asoslanib xabar qildi.

Tushuntirilishicha, smartfonlarning rasmiy sotuvlari O‘zbekistonda hozircha boshlanmagan edi, bozorlarga chiqib, xaridorlar qo‘liga yetib borgan gadjetlar esa sotuvchilarning o‘zlari tomonidan olib kirilgan. Shu bois firmaning bir yillik kafolati ularga daxldor emas.

Toshkent bozorida ilk Galaxy Note 7 smartfonlari 2016-yil avgustida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda uskunaning narxi juda baland edi. Ammo uskuna o‘t olayotgani haqida xabarlar tarqalganidan so‘ng uning narxi tushib ketdi.

Smartfon akkumulyatorlari bilan bog‘liq muammo tufayli Galaxy Note 7 sotuvlari to‘xtatildi.

ULASHISH