Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududidagi Urumchi shahrida kuchli zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Yerosti silkinishi 6,7 magnitudani tashkil etdi. Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘lgani bildirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni yuz bergan, epimarkazi Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lgan zilzila Toshkent va Farg‘ona vodiysida ham sezildi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH