Poytaxtdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida ish boshlagan «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubi o`z faoliyatini davom ettirmoqda.

Bugun, 2 dekabr kuni press-klubning “O`zbekistonda saylov qonunchiligi: So`nggi innovasiyalar” mavzusidagi 5-Sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rahimjon Hakimov, Shuhrat Yoqubov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili o`rinbosari Sanjar Hamidullaevlar nutq so`zladi va OAV xodimlarining ko`plab savollariga javob qaytardi.

O`zbekistonda Prezidentlik saylovlari natijalari qachon e`lon qilinishi haqidagi savolga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov quyidagicha javob berdi:

—“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonunning 36-moddasiga ko`ra, O`zbekiston Prezidenti saylovi bo`lib o`tgan kundan keyin 10 kun ichida Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e`lon qiladi”

ULASHISH