19 noyabr shanba kuni Respublikada havo harorati keskin pasaya boshlaydi. Buning sababi esa Rossiyaning Shimoliy Ural hududidan kirib keladigan sovuq havo oqimi.

21 noyabrga kelib havo harorati tunda 2 -7˚S sovuq, kunduzi esa -2 ˚S … +3 ˚S ushlanib turadi. Mamlakatimizning shimoliy hududlarida sovuq rekord darajani qayd etadi: kechasi termometr ustuni –13 -18˚S, kunduzi 3-8 ˚S sovuq bo`ladi.

19 noyabr kuni Toshkentda yomg`ir yog`adi, 20-21 noyabr kuni yomg`ir qorga aylanadi. Shamol 17-22 m/c tezlikka kuchayadi.

Bunday noyabr uchun iqlim me`yoridan 8-10 daraja past anomal harorat bir hafta davom etadi (chamasi 27 noyabrga qadar).

ULASHISH