O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3100 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 1-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

dollar-2-680x576

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3102 so‘m 18 tiyin etib belgilandi. Bu 25-oktabrdagi kursga nisbatan 18 so‘m 22 tiyinga ko‘p.

2016-yil 1-noyabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3383 so‘m 74 tiyin (25-oktabrdagi kursga nisbatan 4 so‘m 61 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 458 so‘m 27 tiyin (25-oktabrdagi kursga nisbatan 2 so‘m 97 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 49 so‘m 32 tiyin (25-oktabrdagi kursga nisbatan 6 tiyin arzon) etib belgilangan.

dollar-1-3-680x339

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

ULASHISH