Hukumatning yagona interaktiv portalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatining ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi qaror loyihasi taqdim etildi

Valyuta siyosatini liberallashtirish va mukammallashtirish, ichki valyuta bozorining taraqqiyoti va uning samaradorligini oshirish, sub`yektlarning tashqi iqtisodiy faoliyati uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida:

1. Valyuta siyosati liberallashuvining ustuvor yo’nalishlarini belgilash:

— barcha davlat organlarining boshqarish usulini nazorat-cheklov yondashuvdan muhofaza-rag’batlantiruvchi yondashuvga o’zgartirish;

— respublika eksport salohiyatini rag’batlantirish, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish;

— valyuta operatsiyalarini o’tkazish davomida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining barchasiga teng sharoitlar yaratish;

— milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini faqatgina bozor mexanizmlarini qo’llab belgilash;

— O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligiga salbiy ta`sir ko’rsatuvchi qonunchilik normalarini belgilashga yo’l qo’ymaslik;

2. 2017 yilning ….dan quyidagilarga muvofiq tartib o’rnatish: 

— O’zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovar va xizmatlar bahosi, shuningdek ustav kapital uchun minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi lozim;

— O’zbekiston Respublikasi hududida tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni xorijiy valyutada amalga oshirish mutlaqo taqiqlanadi, to’lov kartalari orqali amalga oshiriladigan to’lovlar bundan mustasno;

— davlat boj to’lovlari, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar O’zbekiston hududida faqat milliy valyutada qabul qilinadi, erkin bojxona hududida undiriladigan boj to’lovlari bundan mustasno.

3. Yuridik huquqlarni to’liq amalga oshirish va jismoniy shaxslarning o’z mablag’larini o’zlari erkin boshqarishlarini ta`minlash maqsadida belgilansin:

— aksionerlar qarori asosida jismoniy shaxslar hisobida valyuta daromadlari va vositalari bo’lgan taqdirda, foyda, dividend va boshqa daromadlar to’lovini xorijiy valyutada amalga oshirish mumkin;

— O’zbekiston Respublikasi hududida bank o’tkazmasi, pochta o’tkazmasi yoki to’lov tizimlarini qo’llash orqali jismoniy shaxslar o’rtasidagi pul o’tkazmalarini xorijiy valyutada amalga oshirish mumkin;

— eksportchi va importchilar imzolagan tashqi savdo shartnomalariga ko’ra, to’lov shaklini erkin tanlash huquqiga ega bo’lishadi;

— naqd pul ko’rinishidagi xorijiy valyutani respublikadan tashqariga olib chiqishda — 10 000 AQSh dollariga teng summani olib chiqish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. 2000 AQSh dollari miqdoridagi naqd pul O’zbekiston hududiga olib kirish yoki chiqishda majburiy deklaratsiyaga muhtoj emas;

— Naqd xorijiy valyutani O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishda tijorat va Markaziy banklar tomonidan ruxsat olish tajribasi bekor qilinadi;

— O’zbekiston Respublikasi norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) O’zbekiston Respublikasi banklarida hisob ochish va o’z hisoblaridagi pullardan erkin foydalanish huquqiga egalar;

4. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan eksportning yo’lga qo’yilishida qulay sharoitlar yaratish maqsadida belgilansin: 

— eksportchilar va importchilar to’lov shaklini o’zlari tanlash huquqiga egalar;

— eksportchilarning xorijiy valyutadagi daromadlari xususiy mulk shaklidan qat`i nazar, sotuvga qo’yilishi majburiy emas;

— yakka tartibdagi tadbirkorlarga ichki valyuta bozorida yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun belgilangan tartibda xorijiy valyutani qo’lga kiritish huquqini berish;

5. Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda bir oy muddat ichida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Hukumatning muayyan tovar va xizmatlar eksporti valyuta daromadining majburiy sotish tartibiga doir qonunning tasdiqlangani to’g’risidagi qarori loyihasini kiritish.

6. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:

a) ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning xo’jalik sub`yektlarini sotib olish va sotishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish;

b) milliy valyuta kursini belgilash tartibini ishlab chiqish;

7. Zamonaviy tamoyillar va tartibga solish mexanizmini joriy qilish, bank faoliyatidagi byurokratik to’siqlarni qisqartirish, tijorat banklari faoliyatiga ma`muriy aralashuvni yo’lga qo’ymaslik maqsadida belgilansin:

— mahalliy tijorat banklari tomonidan xorijiy valyuta kreditlarini berish va qaytarish shartlari tomonlar kelishuvi va kredit siyosati asosida beriladi;

— tijorat banklariga mijozlarga xizmat ko’rsatish vaqtida ularning xorijiy valyutadagi mablag’laridan erkin foydalanish huquqini cheklash taqiqlanadi;

— tijorat banklariga xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziya berish tajribasi bekor qilinadi;

— valyuta birjasiga esa — xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklifni belgilash uchun.

8. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:

— tijorat banklari tomonidan o’tkaziladigan valyuta operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligi borasida doimiy nazoratni amalga oshirish;

— valyuta operatsiyalari, jumladan joriy xalqaro operatsiyalarning doimiy monitoringini yuritish va monitoring natijalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy materiallar kiritish.

9. Adliya vazirligiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalarga oid takliflar kiritish;

10. Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda, 2017 yilning birinchi yarim yilligi natijalari tahlilidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonunining yangi tahrir loyihasini kiritish.

11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S.Azimov va Markaziy bank raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklatilsin.

ULASHISH