2016-yilning 10-noyabr kuni Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sahifasida virtual qabulxona faoliyat yurita boshladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Dunyoning barcha mintaqalaridan jismoniy va yuridik shaxslar kunu tun o‘z savol, ariza, shikoyat va takliflari bilan bevosita Tashqi ishlar vaziriga murojaat etishlari mumkin.

Murojaatni to‘g‘ridan-tog‘ri veb-sahifa yoki ishonch telefoni (+998-71-233-28-28) orqali yo‘llash imkoniyati mavjud.

Tashqi ishlar vaziri virtual qabulxonasiga ushbu havola orqali o‘tish mumkin.

ULASHISH