17-oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha Shanxay munitsipal qo‘mitasining direktor o‘rinbosari V. Guchjon boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zbekistonlik fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi sohasi kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi, deb xabar beradi UzDaily.

Uchrashuv davomida hayvonotchilik, baliqchilik, meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida ishlovchi O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, yuqori texnologik issiqxonalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda mahsulotni qayta ishlash, issiqxonalar va sovutgichli omborxonalar yaratish bo‘yicha yuqori texnologik asbob-uskunalar xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

ULASHISH