O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar saylovoldi tashviqoti doirasida 15-noyabr kuni mamlakat hududlarida saylovchilar bilan uchrashuvlarni davom ettiradi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

“Milliy tiklanish” O‘zbekiston demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratov Qashqadaryodagi saylovchilar bilan uchrashadi (uchrashuv ishtirokchilari tadbirdan bir kun oldin ro‘yxatga olinadi).

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida uchrashuv o‘tkazadi.

O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan nomzod Hotamjon Ketmonov Navoiy viloyatida saylovchilar bilan uchrashadi. Uchrashuv Karmana tumanida bo‘lib o‘tadi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Narimon Umarov Jizzax viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashadi.

ULASHISH