O‘zbekiston Mehnat vazirligi delegatsiyasi joriy yilning 1-noyabridan 10-noyabriga qadar Rossiyada tashrif bilan bo‘lib turibdi, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston fuqarolarining ishga joylashish geografiyasini kengaytirish, ularning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash, shuningdek, noqonuniy mehnat muhojirligi va odam savdosi oldini olishdan iborat.

O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish maqsadlarida Krasnoyarsk o‘lkasida O‘zbekiston Mehnat vazirligining Tashqi mehnat muhojirligi masalalari bo‘yicha agentligi va “O‘zbekistonliklar hamdo‘stligi” Krasnoyarsk mintaqaviy jamoat tashkiloti o‘rtasida “Mehnat muhojirligi sohasida hamkorlikni amalga oshirish maqsadlari haqida bayonnoma” imzolandi.

Shuningdek, Kemerovo shahrida “O‘zbek mahalliy milliy-madaniy muxtoriyat” jamoat tashkiloti bilan ham shunday bayonnoma tuzildi.

ULASHISH