O‘zbekiston Mehnat vazirligi mas’ul xodimi Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi fuqarodan O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev nomiga kelgan murojaatni hal qilish chorasini ko‘rmagan.

Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida qoldirilgan xabarga ko‘ra, vazirlik mas’ul xodimi “fuqaroning murojaatini telefon orqali bog‘lanish imkoni bo‘lmaganligi bahonasi bilan anonim deb topilishiga sababchi bo‘lgan hamda masalani uzil-kesil hal qilish chorasini ko‘rmagan”.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston mehnat vaziri Aziz Abduhakimovga “vazirlik mas’ul xodimini aniqlash bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish va aybdor mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish” haqida topshiriq berilgan.

Shahrixonlik fuqaro aynan qanday masalada bosh vazirga murojaat yo‘llaganiga, oxir-oqibat uning murojaati ijobiy hal qilingan-qilinmaganiga aniqlik kiritilmagan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH