Bugun Samarqand shahrida 2016 yilgi O’zbekiston kubogi final uchrashuvi bo’lib o’tadi, deb xabar beradi «Championat.asia».

«Dinamo» stadionida Toshkentning «Lokomotiv» hamda Qarshining «Nasaf» klublari bosh sovrin uchun to’qnash kelishadi. Soat 13:00da boshlanadigan o’yinni FIFA hakami Vladislav Ceytlin boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

«Nasaf» ham, «Lokomotiv» ham o’z tarixida bir martadan O’zbekiston kubogini qo’lga kiritishgan.

O’zbekiston kubogi. Final
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)
30.11.2016. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 13:00
Bosh hakam
: Vladislav Ceytlin (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Timur Galeev, Akbar Po’latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Zokirjon Qodirov (Navoiy)
Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent)

ULASHISH