O‘zbekiston bo‘yicha 3—4-noyabr kunlari ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” markazi.

3-noyabrda kunduzi havo harorati keskin pasayishi boshlanadi, 4—5-noyabrda harorat kechasi 0…+2 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda -2…-1 daraja sovuqqacha, kunduzi esa +5…+7 daraja iliqqacha pasayadi.

Bundan tashqari, shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘lishi mumkin. 3-noyabrda kechga tomon, 4-noyabrda kechasi va ertalab mamlakatning ayrim joylarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Shamolning tezligi soniyasiga 17—22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

ULASHISH