O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib Turmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari–2017 ga ariza berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, V Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun qurilishi rejalashtirilgan sport inshootlarining 80–85 foizi tayyor. Qolgan infratuzilmalar 2017-yilning birinchi yarmiga tayyor qilinadi.

Yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari–2017 Ashxobod shahrida 17-sentabr kuni start oladi. Unda Osiyoning 45, Avstraliya va Okeaniyaning 17 mamlakatidan sportchilar qatnashadi.

Qayd etish joiz, Turkmaniston Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladigan ilk Markaziy Osiyo mamlakati bo‘ladi.

ULASHISH