2016—2018-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotning real sektoriga AKTni joriy etish bo‘yicha umumiy miqdori 1,1 trillion so‘mlik 89 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Hay’at majlisida ma’lum qilindi, deb yozadi UzDaily.

Iqtisodiyotning real sektorida, aksionerlik kompaniyalar, uyushmalar, yirik iqtisodiy korxonalarida texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Davlat rahbariyati qarorlari asosida hozirda umumiy hajmi 336 milliard so‘mga teng axborot tizimlari va dasturiy ta’minotlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Vazirlikning hay’at majlisida ma’lum qilinishicha, hozirda umumiy qiymati 62,4 milliard so‘mga teng 81 ta loyiha allaqachon amalga oshirilgan.

Ta’kidlanishicha, 2016—2018-yillar davomida bu yo‘nalishda umumiy qiymati 1,1 trillion so‘mga teng 89 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

ULASHISH