O‘z dunyoingizni qanday o‘zgartirish mumkin?

Bizning ko‘p muammolarimiz xayolimizning mevasidir. Ular bizning yomon odatlarimiz sababli yuzaga keladi. Ularning ayrimlaridan xalos bo‘lsangiz, muammolardan ham qutulasiz.

1.Shoshilinch qarorlar qabul qilmang.
Bu odat bizni ikki usul bilan barbod qiladi. Birinchidan, biz nimani bilishimiz va nima sodir bo‘lishiga qaror qildik. Shu sababli e’tiborsizlik bilan bu qarorga juda ham suyanib, harakat qilamiz. Ikkinchidan, fikrlarni o‘qishni uddalay olamiz, deb o‘zimizni katta baholaymiz. Xuddiki boshqa odamlar nima uchun va nimani bajarishayotganini yoki nimani o‘ylashayotganini bilamiz deb o‘ylaymiz. Bu noto‘g‘ri. Aynan bu ahmoqlik eng kup munosabatlarga putur yetkazadi.

2.Holatni kuchaytirmang.
Ko‘pchilik pashshadan fil yasashadi, bu mos tarzda harakat qilishadi. Bu odat xavotirga soladi, aslida esa u mavjud bo‘lmaydi yoki u shunchalik kichikki, tashvishga tushishga arzimaydi. Nima uchun odamlar bunday qilishadi? Kim biladi? Balki o‘zini muhim va kerakli inson deb hisoblashi uchundir? Har qanday holatda ham bu shunchalik ahmoqlikki, o‘zimiz uchun esa shunchalik zarardir.
3.Qoidalarni o‘ylab topmang.
Bunday 99 foiz “kerak” va “shart”lar bilan biz o‘zimizni zimmamizga mas’uliyat yuklaymiz – bu befoyda. Ular bor-yo‘g‘i asabiylik va aybdorlik hissini beradi. Nima uchun? Tasavvurdagi qoidalarga amal qilib, siz miyani kerak bo‘lmagan cheklovlar va bolalarga xos tartiblar bilan to‘ldirasiz. Bu qoidalarni boshqalarga o‘tkazsangiz, zeriktiradigan injiq yoki o‘ziga ishonadigan ishqibozga aylanadi.

4.Cheklovlardan qoching.
Siz foydalanayotgan so‘z sizdan kalla suyagiga salbiylikni o‘ylaydigan monstrni yasashi mumkin. Salbiylik va tanqid tili mana shunday fikrlashni keltirib chiqaradi. Ma’lum toifaga narsalarni kiritishga harakat qilib, siz haqiqatan mavjud ahamiyatini ko‘rishni bas qilasiz, o‘z fikrlashingizni mutlaqo xavfsizlikkacha chegaralaysiz. Yorliqlarni ilmang va siz ko‘rgan narsangizdan hayratda qolasiz.

5.Perfeksionist bo‘lmang.
Ko‘p holatlarda “yetarli” aynan yetarli ekanligini bildiradi. Agar o‘zingiz uchun ideal darajdagi ishni qidirsangiz, tez orada topasiz. Bunda boshqalar ishlar aslida unday bo‘lmasada, ko‘zingizga yomon ko‘rinadi. Ideal darajadagi munosabatlarni qidirsangiz, hayotingizni yolg‘izlikda o‘tkazib yuborasiz. Perfeksionizm – bu kasallik bo‘lib, hayotdan zavq olishingizga qo‘ymaydi, doim o‘zingizda yo‘q narsani qidirishga otlantiradi.
6.Umumlashtirmang.
Bir, ikki, uchta omadsizlik doimiy muvaffaqiyatsizlikning belgisi emas. Yagona g‘alaba esa sizdan dahoni yasamaydi. Yaxshi yoki yomon bir martalik voqea uzoqqa cho‘ziladigan yo‘nalish, rag‘bat bo‘lib xizmat qilmaydi.
7.Barcha narsani yurakka yaqin olmang.
Atrofingizdagi ko‘pchilik odamlar, hattoki yaqin do‘stlaringiz 99 foiz vaqtini sizni o‘ylab, siz haqingizda gapirib, g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlamaydi. Firmangizdagi odamlar, qo‘shnilar shubhasiz siz haqingizda eshitishmagan. Hatto eshitishni ham istashmaydi. Boshqa odamlarning hayotiy omad va omadsizliklari, samimiyligi, bee’tiborligining sizga hech qanday aloqasi yo‘q. Agar ular biron ko‘yga solishsa, bu faqat aslida unday bo‘lmasa ham o‘zingizni yanada baxtsizroq his etishingizga majbur etadi.
8.Loqaydlikka berilmang.
Hayotga kulib qarashni o‘rganing. Agar siz hayotingizdagi yomon narsalarni kutib yashasangiz, ularni albatta topasiz. Salbiy kayfiyat – bu hayotga qiyshiq oynadan qarashning o‘zginasi. Siz faqat kamchiliklarni payqaysiz, ijobiy narsa esa ko‘rinmay ketadi. Yo‘q narsani ko‘rish hayratda qoldirmaydimi? Albatta agar siz ijobiy jihatlarni qidirsangiz, ularni ham topasiz.
9.O‘tmish bilan yashamang.
Bu barcha qoidalardan ko‘ra muhimdir: unuting va yashashda davom eting. G‘azab, umidsizlik, baxtsizlik va tushkunlik bu dunyoda o‘tmishdagi xafagarchili va muammolarni ushlab turan insonlar tufayli sodir bo‘ladi. Ular siz qanchalik ko‘p miyada aylantirsangiz, ular sizga kattaroq bo‘lib ko‘rinadi, o‘zingizni yanada yomonroq his etasiz. Baxtsizlik bilan kurashmang, unga chetdan qarang. Ana shunda siz minusdan ko‘ra plyuslarni ko‘ra boshlaysiz. Buni bajaring, o‘tmishdagi kuchlar sizga jarohat yetkazishiidan mahrum etasiz.

ULASHISH