Fransiyada katta yo`lga yotqizilga quyosh batareyalaridan energiya olish bo`yich tajriba amalga oshirilmoqda. Bu haqda bfm.ru xabar berdi.
Bloomberg agentligining yozishicha, fransuz Normandiyasidagi Turuvr qishlog`ida quyosh batareyalari bilan jihozlangan bir kilometrlik yo`l tajribadan o`tmoqda. 2800 kvadrat metrlik quyosh batareya panellari 280kVt gacha energiya ishlab chiqarishi kerak. Bu energiya 5000 kishi yashaydigan shaharchani yoritish uchun yetarli bo`ladi.
«Biz mahalliy yo`llarga ikkinchi hayotni hadya etyapmiz.datiy elektr stansiyalari avtomobil yo`llari bo`sh turgan bir vaqtda, qishloq xo`jaligida unumli foydalanish mumkin bo`lgan yerlarni egallab turibdi» — deydi Colas kompaniyasining bosh texnologi Filipp Arel.
Quyosh batareya panellarini mustahkamlash uchun maxsus zarbaga chidamli qoplama ishlab chiqildi. Panellarning yuzasi yupqa shishadan tayyorlangan bo`lib, sirg`anishni oldini oladi.
Hozircha yo`l quyosh panellarining narxi yuqori — kvadrat metrga 2500 yevroni tashkil qilmoqda. Kompaniya 2020-yilga qadar quyosh batareyalarining narxini o`rta hisobga tushurishga va’da bermoqda.

ULASHISH