Zarur masalliqlar (16 kishilik): xamiriga: 250 gr. tvorog, 1-1,5 stakan un, 1 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq yumshatgich (razrxlitel), 2 dona tuxum, 1 osh qoshiq shakar, tuz.

Ichiga solishga: 2 dona kivi, 3 dona mandarin, 1 dona olma (mevalarni xohishingizga qarab ishlatsangiz ham bo`ladi), yarimta limon sharbati, 3 osh qoshiq shakar, 2 dona tuxum.

Tayyorlanishi: 1. Kivi va olmani yupqa yarim oy shaklida to`g`rang. Mandarin bo`laklarini ajrating. Mevalarga limon sharbati va shakar seping.

2. Tvorog, smetana, tuz va shakarni qoshiq yordamida yaxshilab aralashtiring. Tuxumni ham soling. Un va yumshatgichni qo`shib, xamir tayyorlang. Xamirni un sepgan holda 0,5 sm. qilib yoying.

3. Yoyilgan xamirdan stakanning og`zi yordamida aylanachalar kesib oling. Bitta aylanacha ichiga kivi, boshqalariga olma va mandarin solib chiqing. Keyin ustidan ko`pirtirilgan tuxum soling. Aylanalarni yarim oy shaklida tuging. Yuziga tuxum surtib, yog`langan patnisga tering. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqada pishadi.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH