Bahrayn poytaxti Manama shahrida 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempiontining so`nggi yarim finalchisi va JCh–2017 yo`llanmasi egasi aniqlandi.

Afsuski, bu O`zbekiston yoshlar terma jamoasi bo`lmadi. Eron U-19 termasiga qarshi o`yinda Jasur Abduraimov shogirdlari 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Bu esa ular ortga qaytib, JCh–2017 turnirida ishtirok eta olmaydi degani.

Osiyo chempionati U-19, chorak final
O`zbekiston  Eron — 0:2
Gollar: 
Jafari (13, 47)
O`zbekiston: Umidjon Hamroev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Qobulov, Xushnudbek Avilov, Oybek Rustamov, Azizjon G`aniev, Sharof Muhitdinov, Xusniddin G`ofurov, Doston Ibragimov, Jasurbek Yaxshiboev, Bobur Abduxoliqov.
Eron: Adeli, Shojai, G`olami, Tohiri, Sultanamehr, Shakari, Mehdikani, Adeli, Afkon, Jafari, Abbasian, Razzoqpur.

manba: Darkachi.uz

ULASHISH