Aktrisa Shahzoda Muhamedova Instagram’dagi sahifasida dugonasi va hamkasbi Muqaddas Sa’dullayeva bilan tushgan suratini e’lon qildi.

“Asal o‘rtog‘imning oldiga ish masalasida kelgandim, qarasam, homilador ekan”, — deb yozgan Shahzoda Muhamedova, dugonasi tasvirga olish ishlari sabab “homilador” bo‘lganiga aniqlik kiritgan.

“Bugun Ra’no Yarasheva xonadonlarida syomka. Mumusha (Muqaddas Sa’dullayeva), kiyimlaring yarashibdi, o‘rtoqjon!”, — deya qo‘shimcha qilgan aktrisa.

Aktrisa Ra’no Yarashevaning xonandaning aynan nimaning tasvirga olish ishlari olib borilayotgani, Muqaddas Sa’dullayeva nimada suratga tushayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Muqaddas Sa’dullayevaning bir qizi bor. Avvalroq u bir Instagram-akkaunt uning oilaviy hayotiga putur yetkazganini ma’lum qilgan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH