AQShning Orlando shahridagi SeaWorld okeanariumi xodimlari kasallik tufayli deyarli barcha patlarini yo‘qotgan pingvin uchun gidrokostyum tikib berdi. Endi u sovqotmaydi, jonivor ishtirokidagi video esa tarmoqda ommalashib ketdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Universal gidrokostyumning vazifasi qush tanasi haroratini muvofiqlashtirishdan iborat, chunki pingvin suvda muzlab qolishi mumkin. “Libos” jonivor harakatlanishi uchun noqulaylik tug‘dirmaydi, unda suzish, ovqatlanish va uxlash mumkin.

manba: Daryo.uz
ULASHISH