Amerikalik olimlar diabet bilan kurashishda o‘rdakburunlar zaharda mavjud bo‘lgan gormondan foydalanish niyatidalar. Bu haqda mir24.tv xabar berdi.

Tadqiqotchilar insulin ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi va qonda shakar miqdorini kamaytiruvchi glyuka peptid — 1 (GLP-1) ning barqaror shakli bilan qiziqib qolishdi. Glyuka peptidning bunday shakli o‘rdakburunlardan tashqari chumolixo‘rlar organizmida ham bor. GLP-1 hayvon va odamning ichaklaridan ajralib chiqadi. Biroq o‘rdakburunlar zahrida topilgan modda, qolgan shakllardan ko‘ra ko‘proq ta’sir kuchiga ega ekan.

O‘rdakburun zahridan ko‘payish davrida raqiblaridan ustun kelish uchun foydalanadi. Aynan shu zaharda ikkinchi turdagi diabet bilan kurashishda insonga zarur bo‘lgan GLP-1 mavjud.

Olimlar bu gormonning o‘rdakburunlar organizmidagi evolyutsiyasini kuzatish niyatidalar. Ularning fikricha GLP-1 tufayli o‘rdakburun zahri uzoq muddatli ta’sir kuchiga ega.

Hozirgi kunda olimlar o‘rdakburun zaxridagi bu gormon odam organizmiga qanday ta’sir o‘tkazishini o‘rganish uchun tajriba sinovlar o‘tkazishni rejalashtirmoqdalar.

Qandli diabet o‘lim yoki nogironlikka olib boruvchi kasalliklar uchligiga kiradi. Olimlarning bashoratiga ko‘ra yana yigirma yildan so‘ng har o‘n kishidan biri bu kasallik bilan uchrashishga majbur bo‘ladi.

ULASHISH