AQSh prezidenti Barak Obama, agar mamlakatdagi bo‘lajak prezident saylovida milliarder Donald Tramp g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, hech kim AQShni tark etishga majbur bo‘lmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Tramp prezident etib saylansa, Obama AQShni tark etadimi, deb berilgan savolga javob berarkan, Ernest shunday dedi: “Prezident bo‘lajak saylovlar u ma’qullamayotgan natija bilan tugasa, birov mamlakatni tark etishiga to‘g‘ri kelmasligini kafolatlash ustida juda jiddiy ish olib bormoqda”.

Avvalroq Barak Obama AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni “asosi jiddiy bo‘lmagan odam” deb ta’riflagan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH