Rossiyaning o‘q otish bo‘yicha chempioni 20 yoshli Vladimir Loshakov Moskvada sport qurolida otib ketildi. Uning tanasi «Кузьминки» bog‘idan uzoq bo‘lmagan joydan topildi, — deb xabar berdi izvestia.ru.

Sportchi 6-noyabr kuni “Люблино” o‘q otish markaziga shug‘ullanish uchun ketgan va shundan buyon uyga qaytmagan. Life’ning yozishicha Loshakov majmuani sport quroli bilan birga tark etgan.Biroz vaqtdan so‘ng sportchining ota-onasi uning yo‘qolgani haqida ariza bergan va politsiya uni qidirishni boshlagan.

Ikki hafta oldin «Кузьминки» bog‘idan uzoq bo‘lmagan joydan shaxsi noma’lum yigitning tanasi topilgan edi. Keyinchalik uning Vladimir Loshakov ekanligi aniqlandi.

«Mahalliy aholi boshidan o‘q otilishi natijasida jarohatlangan yosh yigit tanasini topib olganlar. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra u o‘z hayotiga qasd qilgan. Voqea joyi ko‘zdan kechirilganda guvohlar o‘limdan oldin yozilgan xatni topganlar” — deb xabar berdi Tergov qo‘mitasi.

O‘smirning o‘limi yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

ULASHISH