France Football o’z sayti o’quvchilari orasida bu yilgi «Oltin to’p»ni kim olishi bo’yicha so’rovnoma o’tkazmoqda.

Hozirgacha so’rovnomada qatnashgan muxlislarning 32 foizi «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga ovoz bergan.

Ikkinchi o’rinda «Lester»ning jazoirlik yarimhimoyachisi, o’tgan mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi bo’lgan Riyoz Mahrez ketmoqda. U 30 foiz ovoz to’plagan. G’oliblik uchun asosiy da`vogar sifatida qaralgan, «Real» bilan o’tgan mavsumda YeChL g’olibi bo’lib, Portugaliya termasi bilan Yevropa chempionligiga erishgan Krishtianu Ronaldu esa kutilmaganda uchinchi o’rinda — 24 foiz.

To’rtinchi natijani esa Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Rui Patrisiu qayd etgan — 3 foiz.

Qolgan 26 nafar nomzodning hech biri hozircha 2 foizdan ortiq ovoz to’plamadi.

Madriddagi Marca gazetasi ham shunga o’xshash so’rov o’tkazmoqda, unda 100 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

Bu so’rovnomada 58 foizlik natija bilan Messi barchadan ilgarilab ketgan, Krishtianu Ronaldu 26,6 foiz ovoz olgan bo’lsa, uchinchi o’rinda «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann (3,24 foiz).

manba: Tribuna.uz

ULASHISH