Amerika kompaniyasi hisoblangan Athletic Propulsion Labs sport kiyimlari va aksessuarlar ishlab chiqarishi bilan mashhur edi. Kompaniyaning 20 ming AQSh dollariga baholanayotgan krossovkalar savdosini yo‘lga qo‘ygani haqida Luxurylaunches xabardor qildi.

Oyoq kiyim toza timsoh terisidan tikilgan bo‘lib, unga tilla suvi yugurtirib chiqilgan. Qo‘l mehnati yordamida ishlanadigan oyoq kiyimlarni tayyorlash uchun 3 oyga yaqin vaqt sarf etiladi. Uning texnologiyasini ishlab chiqish uchun dizeynerlarga 2 yil vaqt kerak bo‘ldi.

Krossovkalarni qo‘lga kiritish uchun pulni oldindan to‘lash talab etiladi. Oyoq kiyimlarning erkaklar uchun alohida, ayollar uchun alohida turlari bor.

2016-yil o‘rtalariga kelib kanadalik reper Dreyk OVO x Air Jordan 10 oyoq kiyimlarini sotib olgandi. Ular toza oltindan ishlangani e’tiborga molik.

manba: Daryo.uz

ULASHISH