Olmaotada “Alatau Grand” biznes markazi oldidagi chorrahada otishma yuz berdi, deya xabar bermoqda Tengrinews.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, otishma ovozlari tushlik vaqtida yangragan. Biznes markazga qo‘shni bank bo‘limi qo‘riqchisining so‘zlariga ko‘ra, otishma biznes markaz oldida yuz bergan, hodisa oqibatida bank mijozi jabrlangan.

Politsiya xodimlari biznes markaz hududida joylashgan “VTB” banki bo‘limi ichida tekshiruv olib bormoqda. Hudud o‘rab olinmagan, biroq ichkariga hech kim qo‘yilmayapti.

Tengrinews’ning yozishicha, politsiya Olmaotadagi otishmaga aloqador gumonlanuvchilarni qidirmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH