“Olmaliq” futbol klubini 9 yil boshqargan mutaxassis Igor Shkvirin “Paxtakor”ga bosh murabbiy bo‘lib kelishi mumkinligi haqida “Championat.asia” sayti xabar berdi.

Avvalroq uning “Olmaliq” jamoasiga Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar chiqqan, biroq klubning o‘zi buni rasman tasdiqlamagandi.

Igor Shkvirin futbolchilik faoliyatining katta qismini “Paxtakor”da o‘tkazgan. U “sherlar” safida so‘nggi bor 1998-yilgi mavsumda to‘p tepgan.

ULASHISH